HECOLI

HECOLI (Xitoy).

HECOLI 2015 yilda to‘qimachilik korxonalarini avtomatlashtirish va robotlashtirish maqsadida uskunalar ishlab chiqarish uchun tashkil etilgan.

An’anaviy to’qimachilik jarayonlarini takomillashtirish va imkoniyatlarini yaratish bo’yicha zamonaviy texnologiyalar qo’llanilmoqda.

Sensorlar, avtomatik boshqariladigan transport vositalari, robotlar, ma’lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlash uchun sun’iy intellekt elementlari samaradorlikni sezilarli darajada oshiradi va inson ishchi kuchiga qaramlikni kamaytiradi.

2021 yilda HECOLI Xitoyning eng yaxshi yuqori texnologiyali kompaniyasi sifatida milliy mukofotga sazovor bo’ldi.

Bugungi kunga qadar Kompaniya yuzlab intellektual mulk huquqlariga, ixtirolar uchun bir nechta patentlarga ega va sanoat 4.0 standartlarini ishlab chiqishda faol ishtirok etib kelmoqda.

HECOLI uskunasi qamroviga bobinlarni oʻrash mashinasining tirgovichiga yuklash va tushirish boʻyicha jarayonlarni robotlashtirish, shnur materiallari uchun kalava ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, ip bobinlarini tagliklarga yigʻish, ularni qadoqlash va koʻchirish jarayonlarini robotlashtirish kabi vazifalar kiradi. Ushbu innovatsiyalar va afzalliklar dunyoning yetakchi kompaniyalari tomonidan allaqachon qadrlanib kelmoqda.

Fotogalereya.